AKFA University students present their activities as volunteers
AKFA University students took part in the first medical volunteers’ forum. Students presented projects, in which they participate as volunteers and showed their skills in providing medical care.
The Medical Volunteer Forum was organized by the Ministry of Health of Uzbekistan in cooperation with partner organizations. The forum was held at the Youth Creativity Palace on 30 November 2020. Students of medical universities from Samarkand, Bukhara and Andijan also came to participate in the forum.
President of the Student Council of AKFA University Shakhina Atajanova acted as the speaker of the forum. During her speech, she spoke about the activities of AKFA University students in volunteering, cooperation with international organizations of the International Federation of Medical Students Associations (IFMSA) and the United Nations, as well as with the Association of Medical Students of Uzbekistan (UzMSA Phenomenon).
At the AKFA University students’ stand, visitors could get information about the activities of the university and took part in master classes held by students.
In the first master class, the participants gained knowledge on providing the first aid. The master class was held using a special training dummy.
In the second master class, students showed the participants how they conduct various experiments while studying at the AKFA University. Special equipment was used to conduct experiments in the forum. In particular, the students showed how a mirror can be made from glucose.
It should be noted that AKFA University students are actively involved in volunteer activities. In particular, during the coronavirus pandemic, students volunteered at the AKFA Medline clinic and helped doctors to provide care to patients.
Deputy Minister of Health of Uzbekistan Abdulla Azizov visited the stand of AKFA University. The head of the Student Council of the AKFA University Shakhina Atajanova told the Deputy Minister about the activities of the university and the activities of volunteer-students.
In 2019, Uzbekistan adopted a law “On volunteer activities.” The document officially fixed the status of a volunteer in our country.
According to the law, the goals of volunteering are to provide assistance to individuals and legal entities, society as a whole, environmental protection, participation in socially significant events with the consent of their organizers, the formation of a civic position, self-organization, a sense of social responsibility, solidarity, mutual assistance and mercy in society.
AKFA Universiteti talabalari koʻngillilar sifatidagi faoliyatlarini taqdim etishdi
AKFA Universiteti talabalari mamlakatimizda ilk bor tashkil etilgan talaba-volontyorlar forumida ishtirok etdilar. Tadbir davomida ular koʻngillilar sifatida ishtirok etayotgan loyihalar haqida va birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha koʻnikmalarini taqdimot qildilar.
Talaba-volontyorlar forumi Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligi va hamkor tashkilotlar tomonidan 30-noyabr kuni Yoshlar ijod saroyida tashkil etildi. Unda Samarqand, Buxoro va Andijon viloyatidagi tibbiyot taʼlim muassasalari talabalari ham ishtirok etishdi.
AKFA Universiteti talabalar uyushmasi prezidenti Shahina Otajonova forumda spiker sifatida ishtirok etdi. U oʻz nutqida AKFA Universiteti talabalarining volontyorlik faoliyatidagi ishtiroki, xalqaro tashkilotlar, jumladan, Xalqaro tibbiyot oʻquv yurtlari talabalari assotsiatsiyalari federatsiyasi (International Federation of Medical Students Associations, IFMSA) va BMT hamda Oʻzbekiston tibbiyot oliy oʻquv yurtlari talabalari assotsiatsiyasi (UzMSA Phenomenon)ning hamkorlik aloqalari toʻgʻrisida soʻzlab berdi.
AKFA Universiteti talabalarining stendida mehmonlar oliy taʼlim muassasasi faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot olish bilan birga, talabalar tashkil etgan mahorat darslarida ham ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Dastlabki mahorat darsida ishtirokchilar birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha bilim olish imkoniyatiga ega boʻldilar. Mahorat darsida maxsus trenajyordan foydalanildi.
Ikkinchi mahorat darsida talabalar oʻqish jarayonida AKFA Universiteti laboratoriyasida qanday tajribalar oʻtkazishlarini koʻrsatib berdilar. Tajribalarni oʻtkazishda maxsus uskunalardan foydalanildi. Jumladan, talabalar glyukozadan koʻzgu yasashni koʻrsatib berdilar.
Shuni taʼkidlash kerakki, AKFA Universiteti talablari volontyorlik harakatida faol ishtirok etib kelmoqdalar. Misol uchun, koronavirus pandemiyasi davrida AKFA Medline klinikasida volontyor sifatida faoliyat yuritdilar hamda shifokorlarga kasallarni davolashda yordam berdilar.
Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Abdulla Azizov AKFA Universiteti talabalari stendiga tashrif buyurdi. AKFA Universiteti talabalar uyushmasi prezidenti Shahina Otajonova unga universitet va talabalarning volontyor sifatida faoliyati toʻgʻrisida soʻzlab berdi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 2019-yilda “Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qildi. Hujjat mamlakatimizda volontyorlik maqomini rasmiy ravishda belgilab berdi.
Qonunga koʻra, volontyorlik faoliyatining maqsadlari jismoniy va yuridik shaxslarga, umuman jamiyatga yordam koʻrsatish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlarda ularni tashkil etuvchilarning roziligi bilan ishtirok etish, jamiyatda fuqarolik nuqtayi nazarini, oʻzini-oʻzi tashkil etishni, ijtimoiy masʼuliyat, birdamlik, oʻzaro yordam berish va rahm-shafqat tuygʻularini shakllantirishdan iboratdir.
Студенты Университета AKFA представили свою деятельность в качестве волонтеров
Студенты Университета AKFA приняли участие в первом форуме медиков-волонтеров. Студенты презентовали проекты, в которых они участвуют в качестве волонтеров, и показали свои навыки по оказанию медицинской помощи.
Форум медиков-волонтеров организован Министерством здравоохранения Узбекистана в сотрудничестве с партнерскими организациями. Форум прошел 30 ноября 2020 года во Дворце творчества молодежи. Для участия в форуме также приехали студенты медицинских вузов из Самарканда, Бухары и Андижана.
Президент Союза студентов Университета AKFA Шахина Атаджанова выступила в качестве спикера форума. В ходе своего выступления она рассказала о деятельности студентов Университета AKFA в волонтерской деятельности, сотрудничестве с международными организациями Международной федерации ассоциации студентов – медиков (International Federation of Medical Students Associations, IFMSA) и ООН, а также с Ассоциацией студентов медицинских ВУЗов Узбекистана (UzMSA Phenomenon).
На стенде студентов Университета AKFA посетители смогли получить информацию о деятельности вуза и принят участие в мастер-классах, которые провели студенты.
В первом мастер-классе, участники получили знанию по оказанию первой медицинской помощи. Мастер-класс был проведен с использованием специального манекена-тренажера.
Во втором мастер-классе студенты показали участникам, как они проводят различные эксперименты во время учебы в лаборатории Университет AKFA. Для проведения экспериментов в форуме были использованы специальные оборудования. В частности, студенты показали, как можно сделать зеркало из глюкозы.
Отметим, что студенты Университета AKFA активно участвуют в волонтерской активности. В частности, во время пандемии коронавируса студенты в качестве волонтеров работали в клинике AKFA Medline и помогали врачам оказывать помощь больным.
Заместитель министра здравоохранения Узбекистана Абдулла Азизов посетил стенд Университета AKFA. Глава Союза студентов Университета AKFA Шахина Атаджанова рассказала заместителю министру о деятельности вуза и деятельности студентов в качестве волонтёров.
Напомним, что в 2019 году Узбекистан принял закон «О волонтерской деятельности». Документ официально зафиксировал статус волонтера в нашей стране.
Согласно закону, целями волонтерской деятельности являются оказание помощи физическим и юридическим лицам, обществу в целом, защита окружающей среды, участие в общественно значимых мероприятиях с согласия их организаторов, формирование гражданской позиции, самоорганизации, чувства социальной ответственности, солидарности, взаимопомощи и милосердия в обществе.